Ish vaqti: Dushanba - Juma (9:00 - 18:00) +998 (78) 888-08-00

2023-yil 12-aprel kuni Latviya Respublikasining Transport va telekommunikatsiya instituti vakillari UDEAga tashrif buyurishdi.

36

Tashrifning asosiy maqsadi 2023-yilga mo‘ljallangan “Yo‘l xarita”ni muhokama qilish va tasdiqlashdan iborat bo‘ldi. Uchrashuvda ikki tomon kutilayotgan qo‘shma ilmiy konferensiyalar, talabalar almashinuvi dasturlari, qisqa muddatli kurslar va yozgi maktab loyihalari bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. Ikkala tomon o‘zaro hamkorlikdan mamnunliklarini va katta yutuqlarga erishishlariga umid bildirdilar.