Ish vaqti: Dushanba - Juma (9:00 - 18:00) +998 (78) 888-08-00

2023-yil 20-aprel kuni Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi konstitutsiya loyihasiga bag‘ishlangan seminar boʻlib oʻtdi

9

Seminar yuridik fanlari doktori, professor Musayev Bekzod Tursunboyevich tomonidan yuqori saviyada o‘tkazildi.

Seminarda universitet xodimlari va talabalariga joriy yilning 30-aprelida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonunini qabul qilish bo‘yicha umumxalq referendumda ishtirok etishdan avval O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga kiritilishi nazarda tutilgan o‘zgartishlarga oid kerakli ma’lumotlar interaktiv uslubda yetkazildi.