2023-yil 20-yanvar kuni Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti — UDEA rektori i.f.d., professor R.R. Abduraupov boshchiligidagi delegatsiya Vengriyaga yetib bordi. Kun davomida delegatsiya a‘zolari Széchenyi István universitetiga tashrif buyurishdi.
Tashrifdan koʻzlangan maqsad – hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, professor-oʻqituvchi va talabalar almashinuvi va yozgi maktablar masalalarini muhokama qilishdan iborat boʻldi. Tashrif doirasida universitetlar oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Maʻlumot uchun: Széchenyi István universiteti QS World University Rankings 2022 bo‘yicha TOP-801 o‘rinni egallaydi.