Ish vaqti: Dushanba - Juma (9:00 - 18:00) +998 (78) 888-08-00

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti hamda xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

526

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunining 29 va 31-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 08-oktabrdagi “Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli Farmoniga muvofiq xalqaro ta’lim standartlari asosida yuksak bilim va mahoratni egallagan, ijodkor va salohiyatli kadrlarning yangi avlodini shakllantirish maqsadida, zamonaviy mehnat bozoridagi bo‘lajak kadrlarga nisbatan dolzarb talablarni inobatga olgan holda, ta’lim xizmatlarini tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Universitetimiz talabalari xorijiy tillarni yangicha yondashuv asosida o‘rganishida, xalqaro talablarga mos keladigan, o‘z kasbining yetuk mutaxassislari bo‘lib yetishishlarida ushbu memorandum yangi imkoniyat eshiklarini keng ochishiga ishonchimiz komil.