Ish vaqti: Dushanba - Juma (9:00 - 18:00) +998 (78) 888-08-00

«English for Bankers (A1-B1)» bo‘yicha o‘quv kursi boshlandi

361

DIQQAT!!! DIQQAT!!!

«English for Bankers (A1-B1)»

Raqamli iqtisodiyot va Agrotexnologiyalar universiteti ish yoki biznes maqsadida ingliz tilini o‘rganmoqchi bo‘lgan bank-moliya sohasi xodimlari uchun ingliz tili bo‘yicha 3 oylik intensiv maxsus kursni taklif etadi.

Kursning o‘quv mashg‘ulotlari joriy yilning 11 martidan 13 iyuniga qadar davom etadi.

Kursning maqsadi – Bank xodimlariga bank-moliya sohasida ingliz tilini o‘rgatish va bu borada mustahkam poydevor yaratishdan iboratdir.

Kurs til o‘rganishni yangi boshlagan o‘rganuvchilarga ingliz tili haqidagi dastlabki asosiy ko‘nikmalarni shakllantirish, mazkur sohada eng ko‘p qo‘llaniladigan tushuncha va atamalarni o‘rganish hamda A1 → B1 darajasida chet ellik hamkasblari bilan ingliz tilida muloqot qilish imkoniyatini beradi.

O‘qish davomida siz quyidagilarni o’rganasiz:

  • Bank faoliyatining asosiy tushunchalarini ingliz tiliga tarjimasi
  • A1-B1 darajalaridagi sodda ingliz tili grammatikasi
  • Pul, moliya va iqtisodga oid iboralar
  • Bank xodimining chet ellik hamkasblari bilan odatiy va professional mavzularda dastlabki suhbatlari
  • Bank sohasida ingliz tilidagi hujjatlar bilan ishlash
  • Bank va moliya mavzularida oddiy elektron pochta va xabarlar yozish.

Kurs boshida talab qilinadigan ko‘nikmalar:

  • Ingliz tili alifbosi;
  • o‘qish va talaffuz qoidalari;
  • dastlabki grammatik tushunchalar.

Kursni yurtimiz hamda dunyoning ko‘plab nufuzli ta’lim muassasalarida tahsil olgan va shu yo‘nalishda katta tajribaga ega mutaxassis Tagayev Shuxrat Murtazayevich olib boradi.
Kurs yakunida tinglovchilarga tegishli sertifikat beriladi.