Ish vaqti: Dushanba - Juma (9:00 - 18:00) +998 (78) 888-08-00

«English for Bankers (A1-B1)» ilk tinglovchilariga sertifikatlar taqdim etildi

275

«English for Bankers (A1-B1)» ilk tinglovchilariga sertifikatlar taqdim etildi.

2022-yil 24-iyun kuni Raqamli iqtisodiyot va Agrotexnologiyalar universitetida ish yoki biznes maqsadida ingliz tilini o‘rganmoqchi bo‘lgan bank-moliya sohasi xodimlariga mo‘ljallab tashkil etilgan ingliz tili bo‘yicha 3 oylik intensiv maxsus kursining ilk tinglovchilariga sertifikatlar taqdim etildi.

Tinglovchilar mazkur kursda ushbu sohada eng ko‘p qo‘llaniladigan tushuncha va atamalarni o‘rganib, jadal globallashuv davrining asosiy talablaridan biri bo‘lgan ingliz tili haqidagi dastlabki asosiy ko‘nikmalarga hamda A1 → B1 darajasida chet ellik hamkasblari bilan ingliz tilida muloqot qilish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

Tinglovchilar shuningdek, o‘qish davomida

  • Bank faoliyatining asosiy tushunchalarini ingliz tiliga tarjimasi
  • A1-B1 darajalaridagi sodda ingliz tili grammatikasi
  • Pul, moliya va iqtisodga oid iboralar
  • Bank xodimining chet ellik hamkasblari bilan odatiy va professional mavzularda dastlabki suhbatlari
  • Bank sohasida ingliz tilidagi hujjatlar bilan ishlash
  • Bank va moliya mavzularida oddiy elektron pochta va xabarlar yozish kabi zarur bilimlarga ega bo‘ldilar
3 Responses

Leave a Reply