Ish vaqti: Dushanba - Juma (9:00 - 18:00) +998 (78) 888-08-00

BIZ HAQIMIZDA

Qisqacha ma’lumot

Tashkil etilgan sana: 2022 yil 7 yanvar

Bizning reja: Biz universitetni barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida manfaatdor shaxslar bilan yaqin hamkorlikda yuqori sifatli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatayotgan, tadqiqot ishlarini olib borayotgan va innovatsiyalar transferini amalga oshirayotgan raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar sohalarida Markaziy Osiyo mintaqasining yetakchi muassasalaridan biri sifatida ko‘ramiz.

Bizning maqsad: O‘zbekiston yoshlari uchun dunyo miqyosida e’tirof etiladigan ta’lim olish va tadqiqotlar o‘tkazish imkonini yaratish.

Strategik maqsadlar

I
"Universitet 3.0" ekotizimi:

• Yuqori sifatli o‘quv materiallari;
• Tadqiqot uchun ilhomlantiruvchi muhit;
• Ilmiy-tadqiqot ishlarini faol qo‘llab-quvvatlash va ularni muvaffaqiyatli tijoratlashtirish.

II
Jamoani samarali rivojlantirish:

• Xodimlarni malakasiga qarab tanlab olish;
• Shaxsiy rivojlanish rejalari;
• Korporativ etika siyosati;
• Pastdan-yuqoriga Menejment yondashuvi.

III
Jarayonlarni raqamlashtirish:

• Universitet boshqaruvi uchun moslashtirilgan zamonaviy platforma;
• O‘quv materiallaridan foydalanish imkoniyati;
• Ma’lumotlarni himoya qilish.

2022-2026 yillarda Oʻzbekistonni rivojlantirishning yangi strategiyasi

  • Raqamli iqtisodiyotni asosiy “drayver” sohaga aylantirish
  • Uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirishga qaratilgan ishlarni olib borish
  • Davlat xizmatlarini raqamlashtirish va ularning 20 foizini xususiy sektorga o‘tkazish
  • Iqtisodiyotning real sektorida hamda moliya va bank sohalarida ishlab chiqarish va operatsion jarayonlarni raqamlashtirish darajasini 70 foizgacha oshirish
  • Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va dasturiy ta’minotni eksport qilish

“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi

  • Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning turli sohalarida 400 dan ortiq axborot tizimlari, elektron xizmatlar va boshqa dasturiy mahsulotlar joriy etiladi
  • iqtisodiyotning real sektori tarmoqlaridagi korxonalarda boshqaruv, ishlab chiqarish va logistika jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha 280 dan ortiq axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar joriy etiladi
  • 580 dan ortiq kishi kodlash asoslari bo‘yicha o‘qitilishi kerak
  • 12 ming nafar davlat xizmati xodimlari axborot texnologiyalari sohasida o‘qitiladi

Oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha litsenziya olindi

2022 yil 26 iyul kuni “Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha litsenziya taqdim etildi.

Universitet 033262-sonli litsenziyaga asosan quyidagi ta’lim dasturlarini taklif etadi:

Bakalavriat

  • 60412400 – Agrobiznes va investision faoliyat;
  • 60410400 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar.

Magistratura

  • 70412204 – Tijorat banklarini boshqarish.