Ish vaqti: Dushanba - Juma (9:00 - 18:00) +998 (78) 888-08-00

BUTUNJAHON O‘QITUVCHILAR KUNI

337

Xalqimiz azal-azaldan ustozlarga yuksak hurmat ko‘rsatib kelgan. Mustaqillik sharofati bilan yurtimizda o‘qituvchi va murabbiylarga bo‘lgan e’tibor yanada kuchaydi. «Ustoz» – bu so‘z zamirada barchaning ko‘z oldida zahmatkash, mehri daryo va ilm timsoli bo‘lgan inson obrazi gavdalanadi.

Shu o‘rinda, bugun 5-oktabr «Butunjahon o‘qituvchilar kuni» munosabati bilan UDEA universitetida katta bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni universitet rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Rustam Ramzovich Abduraupov kirish so‘zi bilan ochib berdi va ushbu kun munosabati bilan barcha professor-o‘qituvchilarga o‘zining samimiy  tabriklarini yo‘llab, mashaqqatli, ammo sharafli kasblarida ulkan zafarlar tiladi.

Tabdirda tadbirkor, savdo va boshqaruv bo‘yicha mutaxassis, Sales Doctor, RoboKidz va Milliard klubi asoschisi Alisher Isaev ham qatnashib, o‘z navbatida ustoz va murabbiylarga bo‘lgan chuqur hurmat va ehtiromini izhor etdi.

So‘ngra, universitet talabalari bilan «Raqamli iqtisodiyot» mavzusiga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Interaktiv tarzda o‘tgan muloqot davomida Alisher Isaev raqamli iqtisodiyot, biznesda muvaffaqiyatga erishish sirlari, biznesdagi qiyinchiliklar va ularni yechimi bo‘yicha mavjud zamonaviy metodlar to‘g‘risida o‘z bilim va tajribalari bilan bo‘lishdi. Shu bilan birga, inson o‘z ustida doimiy ishlashi va albatta ko‘p kitob o‘qish orqali o‘z dunyoqarashini kengaytirishi lozimligini alohida ta’kidladi.

Uchrashuv so‘ngida tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassis tomonidan atroflicha javob oldilar va mazmunli suhbat uchun Alisher Isaevga alohida minnatdorchilik bildirdilar.