Ish vaqti: Dushanba - Juma (9:00 - 18:00) +998 (78) 888-08-00

«Inson resurslarini boshqarish asoslari (HR)» bo‘yicha o‘quv kursi boshlandi

17897

DIQQAT!!! DIQQAT!!!

Inson resurslarini boshqarish asoslari (HR) bo‘yicha o‘quv kursi boshlandi!

Raqamli iqtisodiyot va Agrotexnologiyalar universiteti qiziquvchilar (bank-moliya sohasi xodimlari) uchun 2022-yil 6–17 iyun kunlari «Inson resurslarini boshqarish asoslari (HR)» bo‘yicha maxsus kurs mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi.

Mazkur kurs tinglovchilarga boshqaruvga tizimli yondashishni, ilg‘or xorij tajribasini o‘rganib, uni real voqelikka moslashtirgan holda mahalliy sharoitda qo‘llash imkoniyatlarini o‘rgatadi.
Kursning davomiyligi: 5 kun.

Kurs davomida tinglovchilar:

  • xodimlarni boshqarishdagi professional usullarni o‘zlashtirish;
  • kerakli ko‘nikmalarni rivojlantirish va
  • xodimlarni boshqarish sohasidagi har qanday masalani mustaqil hal qilishni o‘rganadilar.

Shuningdek,

  • kompaniyalar strategiyasi va boshqaruv usullari;
  • kompaniyaning korporativ madaniyatini shakllantirish;
  • ishga qabul qilish jarayoni va asosiy mezonlar (tezlik, narx va malaka sifati);
  • yangi xodimlar uchun jamoaga qo‘shilish va moslashish rejalarini ishlab chiqish;
  • shaxsiy rivojlanish rejasini tuzish;
  • ichki kommunikatsiyalar qanday qilib kompaniya brendini rivojlantirishi va saqlab qolishi mumkinligi;
  • boshqaruv tashkiliy tuzulmalari va strategiyasini shakllantirish;
  • kompaniyaning madaniy diagnostikasini o‘tkazish;
  • bo‘sh ish o‘rinlarini to‘ldirish jarayonini nazorat qilish va tashkillashtirish;
  • xodimlar uchun «Karyera yo‘li»ni tashkil etish;
  • EVP bilan ishlashdagi vositalar haqidagi bilimlarga ega bo‘ladilar.

Kursni yurtimiz hamda dunyoning qator nufuzli universitetlarida tahsil olgan va shu sohada katta amaliy tajribaga ega mutaxassis Abdurupova Go‘zal Ramzovna olib boradi.
Kurs yakunida tinglovchilarga tegishli sertifikat beriladi