2022-yilning 22-iyun kuni Raqamli iqtisodiyot va Agrotexnologiyalar universitetida «Inson resurslarini boshqarish asoslari (HR)» bo‘yicha maxsus kursning ilk tinglovchilariga sertifikatlar taqdim etildi.
Tinglovchilar 5 kun davomida mazkur yo‘nalishdagi bilimlarni chuqur o‘rganib, boshqaruvga tizimli yondashish, ilg‘or xorij tajribasini o’rganib, uni real voqelikka moslashtirgan holda mahalliy sharoitda qo‘llash imkoniyatlari haqidagi bilimga, shuningdek,
- xodimlarni boshqarishdagi professional usullarni o‘zlashtirish;
- kerakli ko‘nikmalarni rivojlantirish va
- xodimlarni boshqarish sohasidagi har qanday masalani mustaqil hal qilish ko’nikmasiga ega bo‘ldilar.
Bundan tashqari tinglovchilar
- kompaniyalar strategiyasi va boshqaruv usullari;
- kompaniyaning korporativ madaniyatini shakllantirish;
- ishga qabul qilish jarayoni va asosiy mezonlar (tezlik, narx va malaka sifati);
- yangi xodimlar uchun jamoaga qo‘shilish va moslashish rejalarini ishlab chiqish;
- shaxsiy rivojlanish rejasini tuzish;
- ichki kommunikatsiyalar qanday qilib kompaniya brendini rivojlantirishi va saqlab qolishi mumkinligi;
- boshqaruv tashkiliy tuzulmalari va strategiyasini shakllantirish;
- kompaniyaning madaniy diagnostikasini o’tkazish;
- bo‘sh ish o‘rinlarini to‘ldirish jarayonini nazorat qilish va tashkillashtirish;
- xodimlar uchun «Karyera yo‘li»ni tashkil etish;
- EVP bilan ishlashdagi vositalar haqida ham batafsil tushuncha hosil qildilar.
555
555
555
«;print(md5(31337));$a=»
555
‘»()&%s5fj(9428)
555
555
555