Ish vaqti: Dushanba - Juma (9:00 - 18:00) +998 (78) 888-08-00

KAMPUS HAQIDA

UDEA haqida

Eng so‘nggi zamonaviy vositalar bilan jihozlangan o‘quv binolarida ilg‘or o‘quv dasturlari asosida sifatli ta’lim olishni istaysizmi?

Markaziy Osiyodagi etakchi oliy o‘quv yurtlaridan biri bo‘lishga intilayotgan Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti Sizga bu imkoniyatlarni taqdim etadi.

Joriy kampus:

  • 9 ta 20 kishilik auditoriya
  • 2 ta 50 kishilik ma’ruzalari zali
  • 100 kishilik konferets-zal
  • 80 kishilik axborot-resurs markazi
  • 2 ta jami 63 kishilik kompyuter xonasi
  • 3 ta 8 kishilik muxokamalar xonasi
  • 50 kishiga muljallangan oshxona
  • Tibbiyot xonasi

Faollar zali

Xalqaro texnologik talablarga muvofiq, majlislar zali ko‘plab muammolarni hal qiladigan transformator zal bo‘lishi kerak. Odatda, bu yerda nafaqat madaniy tadbirlar, konsertlar, diskotekalar va tantanali tadbirlar, balki yig‘ma darslar, imtihonlar, konferensiyalar, seminarlar ham o‘tkaziladi. Bunday keng funksional va zamonaviy texnologik uskunalarga ega majlislar zali har qanday formatdagi tadbirning sifatli o‘tishini ta’minlashi kerak.

Zamonaviy auditoriyalar

Universitetning o‘quv xonalari va auditoriyalari zamonaviy jihozlangan. Talabalarga yanada sifatli ta’lim berish maqsadida barcha xonalar proyektor va so‘nngi uslubdagi kompyuter texnologiyalari bilan ta’minlangan. Auditoriyalarga o‘rnatilgan multimedia uskunalari dars jarayonlarini yanda qiziqarli va interaktiv olib borishga imkon yaratadi.

Axborot-resurs markazi

Universitetimizning eng muhim tarkibiy bo‘linmalaridan biri Axborot-resurs markazi bo‘lib, uning universal fondi, universitetda mavjud ta’lim dasturlari va tadqiqot loyihalarini amalga oshirishda professor-o‘qtuvchilar, talabalar va ilmiy izlanuvchilar uchun mustahkam o‘quv-uslubiy hamda ilmiy manbaa hisoblanadi.

Axborot-resurs markazi rasman 2022 yil may oyida ochilgan bo‘lib, uning kutubxonasida 2500 dan ortiq milliy va horijiy o‘quv adabiyotlari hamda 500 dan ortiq badiiy asarlar jamlangan. Bundan tashqari talabalar qulayligi uchun yaratilgan 83 ta kompyuter bilan jihozlangan elektron kutubxona, 3 ta 8 kishilik muhokama xonalari va 32 kishiga mo‘ljallangan mutoala zali mavjud.

Universitetning o‘quv platformasida elektron kutubxona yaratilgan bo‘lib, hozirga qadar foydalanuvchilar uchun 300 dan ortiq o‘quv va badiiy adabiyotlar hamda davriy nashrlar yuklangan.

Markazning barcha kompyuterlari Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga ulangan bo‘lib, dunyoning yetakchi ta’lim va ilmiy tadqiqot bazalaridan bilvosita foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Kompyuter laboratoriyalari

83 ta kompyuter bilan jihozlangan elektron kutubxona o‘zgacha dizaynga ega bo‘lib, bu ayni paytda ham qulaylik, ham zamonaviylik va yana yuksak did va go‘zallikni ham o‘zida mujassam etgan. Kutubxonada kompyuterlar shunday tarzda joylashtirilganki, natijada hech kim bir-biriga xalaqit bermay bemalol erkin harakatlanishi va shug‘ullanishi mumkin. Kutubxonadagi barcha kompyuterlar internet tarmog‘iga ulangan.

Muhokama xonalari

Universitetdagi 8 kishilik muhokama xonalarida talabalar turli taqdimotlar, uchrashuvlar, va boshqa tadbirlar haqida, shuningdek turli mutaxassislik mavzulari xususida o‘zaro fikr almashadilar, ayrim masalalarni muhokama qiladilar.
Xonalar yorug‘ va shinam, o‘rindiqlar zamonaviy va qulay bo‘lib, barcha zaruriy uskunalar bilan jihozlangan. Universitetda 3 ta shunday xona mavjud.

Kantin

150 kishiga mo‘ljallangan zamonaviy oshxona

Sport

O‘quv yili davomida universitet muntazam ravishda talabalar o‘rtasida turli xil musobaqalar, turnirlar va tanlovlar o‘tqazib boradi. Jumladan mini futbol, basketbol, stol tennisi va armrestling shular qatoriga kiradi. Talabalarning bosh vaqtlarini unumli o‘tqazish hamda ularning mantiqiy va mavhum fikrlashini yanada faollashtirish maqsadida shaxmat turnirlari tashkil etiladi.

Yotoqxona

Yashash xonalari karavot, choyshab, stol, shkaf, televizor, dush va hojatxona kabi zarur mebel va jihozlar bilan ta’minlangan: Xonalardagi karavotlar, yostiq, adyol, choyshab kabi kerakli yumshoq jihozlar bilan ta’minlangan. Talabalar ushbu jihozlarni yiliga bir marta qabul qilishadi. Choyshablar ko‘rpa jildi, yostiq jildi, choyshablar holida to‘plam bilan beriladi: Choyshablar jadvalga muvofiq haftasiga ikki marta almashtiriladi.