Ish vaqti: Dushanba - Juma (9:00 - 18:00) +998 (78) 888-08-00

KO‘P SO‘RALADIGAN SAVOLLAR

Universitetga kirishni nimadan boshlash kerak?

Avvalo taklif etilgan barcha dasturlarni o‘rganish, hujjatlarni topshirish jarayoni bilan tanishish, www.udea.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish va barcha kerakli hujjatlarni onlayn tarzda yuklab olish kerak.

Universitetda byudjet o’rinlari mavjudmi?

Universitetda byudjet o‘rinlari yo‘q.

Ammo kelajakda Universitet hamkorlari tomonidan har bir yo‘nalish bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar uchun grant o‘rinlarini ajratish rejalashtirilgan.

Ingliz tilidan boshqa har qanday tilni chet tili sifatida topshirish mumkinmi?

Yo‘q.

Sirtqi yoki kunduzgi-sirtqi ta’lim shakli bormi?

Yo‘q.

Ammo navbatdagi qabul davrida ushbu ta’lim shakllari ochilishi rejalashtirilgan.

Talabaga yotoqxona beriladimi?

Universitetning hamkorlar bilan kelishuviga asosan, yotoqxonaga ehtiyoji mavjud talabalarga pullik asosda yotoqxona taqdim etiladi.

Hujjatlarni qaysi muddatgacha topshirishim kerak?

Hujjatlar 2022-yil 26-avgustgacha qabul qilinadi. Shuni yodda tutish kerakki, qabul kvotalari muddatidan oldin to‘lganda hujjatlarni qabul qilish to‘xtatilishi mumkin.

Hujjatlarni qanday topshirish kerak?

Avvalo www.udea.uz saytiga kirib «Hujjat topshirish» tugmasi orqali barcha kerakli ma’lumotlarni kiritish va hujjatlarni onlayn tarzda yuklash lozim.

Shuningdek, hujjatlarni bevosita Universitetda ham assistentlar yordamida topshirishingiz mumkin, ular barcha hujjatlarni tizimga yuklashga yordam berishadi.

Universitetga kirishda yosh cheklovlari bormi?

Pasport va umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi guvohnoma va/yoki o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi to‘g‘risidagi diplom yoki chet elda o‘rta maktabni bitirganlik to‘g‘risidagi hujjat bo‘lishi kifoya.

Ta'lim to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasini qabul komissiyasiga taqdim etish kerakmi?

Ta’lim to‘g‘risidagi hujjatning asl nusxasi universitetga qabul qilingandan keyin taqdim etilishi kerak.

Agar hujjatlarni topshirish paytida hali ta'lim to‘g‘risidagi hujjatni olmagan bo‘lsam nima qilishim kerak?

O‘qish joyidan abituriyentning oxirgi kurs/sinfda o‘qishini tasdiqlaydigan ma’lumotnomani taqdim etishingiz kerak.

Kontrakt-to‘lovini bo‘lib to‘lash imkoniyati bormi?

Ha, o‘qish uchun to‘lovni bo‘lib to‘lash mumkin. Birinchi o‘quv yilida to‘lov uchga bo‘lib to‘lanishi mumkin, bunda birinchi to‘lov shartnoma miqdorining 50% dan kam bo‘lmasligi kerak.

Agar men 18 yoshga to‘lmagan bo‘lsam, o‘zim hujjat topshira olamanmi?

Yo‘q, 18 yoshga to‘lmaganda ota-onalar yoki vasiylarning roziligi talab qilinadi.

Qanday hollarda mening hujjatlarim qabul qilinmasligi mumkin?

Universitetga kirish uchun zarur hujjatlar ro‘yxatida ko‘rsatilgan bir yoki bir nechta hujjatlar bo‘lmasa yoki hujjatlar soxtalashtirilishi aniqlanganda.

Ariza berish uchun abituriyentning shaxsiy kabinetida ro‘yxatdan o‘tish shartmi (agar hujjatlar onlayn taqdim etilsa)?

Hujjatlarni onlayn topshirish uchun www.udea.uz saytda ro‘yxatdan o‘tib, barcha kerakli hujjatlarni onlayn tarzda yuklab olishingiz kerak.

Universitetga kirish uchun qanday hujjatlarni yig’ish kerak?

a) onlayn to‘ldirilgan ariza (Application);

b) o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi hujjat nusxasi;

d) 4×6 o‘lchamdagi rangli fotosurat;

e) pasport nusxasi (imtihon paytida pasportning asl nusxasini taqdim etish kerak);

f) ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat (agar mavjud bo‘lsa);

g) ayrim hollarda qo‘shimcha hujjatlar talab qilinishi mumkin (086 shakl, harbiy bilet yoki tegishliguvohnoma)

Nechta ta’lim dasturiga hujjat topshirish mumkin?

Faqat bittaga.

Hujjatlar bilan birga fotosuratlar ham topshirilishi kerakmi? Agar kerak bo‘lsa, unda nechta?

Ha. Hujjatlarni onlayn topshirish paytida siz rasmingizni ham yuklashingiz kerak.

Hujjatlarni topshirishda 086 shaklidagi ma’lumotnoma kerakmi?

Yo‘q.

Qabul komissiyasiga hujjatlar to‘plami bilan birga tegishli guvohnoma yoki harbiy biletni ham taqdim etish kerakmi?

Yo‘q.

Hujjatlarni qanchalik erta topshirish mening o‘qishga kirishimga ta'sir qiladimi?

Ha. Talabalarni qabul qilish uchun cheklangan kvota mavjudligi sababli talabalar safiga qabul qilinish ehtimoli hujjatlarni ilgari topshirgan va kirish testlarida ertaroq ishtirok etadiganlar uchun kattaroq.

Mening dasturimda byudjet asosida o‘qishga kirish uchun qancha ball to‘plashim kerak?

Hozirda Universitetda byudjet o‘rinlari mavjud emas. Biroq kelajakda hamkorlar tomonidan har bir yo‘nalish bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar uchun grant o‘rinlari ajratilishi kutilmoqda.

Mening dasturimda to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga kirish uchun qancha ball to‘plashim kerak?

Tegishli ta’lim yo‘nalishi (mutaxassisligi)ga ajratilgan kvotalar doirasida eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar talabalikka tavsiya etiladi.

Agar chet el fuqarosi bo‘lsam, meni qanday kirish sinovlari kutmoqda?

O‘zbek tilidagi bakalavriat dasturlari uchun barcha talablar barchaga bir xil.

Chet tilidan kirish testida til bo‘yicha sertifikatim hisobga olinadimi?

Ha, agar bu 5.0 dan yuqori ball bilan IELTS, yoki iBT 60 va undan yuqori TOEFL, 173 va undan yuqori TOEFL CBT yoki ingliz tilida tan olingan xalqaro test ballarining ekvivalentiga teng sertifikat bo‘lsa. Shundagina testning «Ingliz tili» qismi uchun maksimal ball beriladi.

Men olimpiada ishtirokchisiman. Universitetda men uchun imtiyozlar bormi?

Yo‘q.

Kimlar chegirmalar uchun da’vogar bo‘lishi mumkin?

Universitetda chegirmalar ko‘zda tutilmagan.

Ta’lim kreditini qanday olish mumkin?

Ma’lumot olish uchun tijorat banklariga murojaat qiling.

Shartnoma nusxasini ko‘rish mumkinmi?

Shartnoma nusxasi abituriyentga kirish test sinovlari natijalari e’lon qilingandan so‘ng elektron shaklda taqdim etiladi va abituriyentning elektron pochtasiga yuboriladi.

To‘lov-shartnoma asosidagi ta’limdan byudjet asosidagi ta’limga o‘tish mumkinmi?

Yo‘q.

Ammo kelajakda Universitet hamkorlari bilan birgalikda talabalar uchun turli grant va stipendiya dasturlari yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Kirish imtihonlari qachon bo‘ladi?

Bakalavriat uchun 2023-yilning 15-avgust kuni.

Magistratura uchun 2023-yilning 24-25-26-avgust kunlari.

Shaxsni aniqlash uchun qanday hujjatni taqdim etishim kerak?

Pasport yoki haydovchilik guvohnomasi kabi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlardan birini.

Men chet ellik talabaman. Shaxsni tasdiqlash uchun imtihondan oldin kuzatuvchiga qanday hujjatni taqdim etishim kerak?

Pasport yoki haydovchilik guvohnomasi kabi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlardan birini.

Universitetda o‘quv yili qachon boshlanadi?

2022–yil 12–sentyabrda.

Agar imtihonga kechiksam nima bo‘ladi?

Imtihonga kechikkan abituriyentlarga imtihonga kirishga ruxsat berilmaydi.

Men ish stolimni ko‘rsatayotganimda/kuzatuvchi menga topshiriqlarni yechishga ruxsat berayotgan paytda imtihon vaqti allaqachon boshlangan bo‘ladimi?

Yo‘q. Imtihon vaqtini hisoblash imtihon paytida e’lon qilinadi va shuningdek test zalidagi platformada ham ko‘rsatiladi.

Agar imtihon paytida tashqi shovqin boshlansa nima bo‘ladi (mushuk miyovlasa, qo‘shnilar uy ta'mirlayotgan bo‘lsa)? Imtihon bekor qilinadimi? Qandaydir ogohlantirish oynasi paydo bo‘ladimi? Sinxron va asinxron proktoring paytida ogohlantirishlar o‘rtasida farq bo‘ladimi?

Bunday hollarda imtihon topshirish kunini ko‘chirish yoki imtihon vaqtini uzaytirish to‘g‘risidagi qaror vaziyatni o‘rganib chiqqan holda qabul komissiyasi raisi tomonidan qabul qilinadi.

Kirish imtihonlarida nimalardan foydalanish mumkin emas?

Kirish imtihonlari paytida shpargalka sifatida ishlatilishi mumkin bo‘lgan har qanday aloqa vositalaridan, elektron va elektron bo‘lmagan axborot tashuvchi vositalardan, aqlli soatlardan, ruxsatsiz kompyuter va noutbuklardan, har qanday yozuvlardan foydalanish taqiqlanadi.

Agar men yaxshi ball to‘plagan bo‘lsam, lekin ular byudjet joyiga yetmasa, o‘qish uchun chegirma olishim mumkinmi?

Universitetda byudjet joylari yo‘q. Ammo kelajakda hamkorlar tomonidan har bir yo‘nalish bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan abituriyentlar uchun grant o‘rinlari ajratilishi rejalashtirilgan. 

Chegirmalar mavjud emas.

Pullik o‘quv dasturiga chegirma olish mumkinmi?

Ayni paytda yuqori ballar uchun chegirmalar mavjud emas. Lekin siz ta’lim krediti uchun tijorat banklariga murojaat qilishingiz mumkin.

Men har ehtimolga qarshi to‘lov-kontrakt o‘rniga topshirib, mabodo keyin byudjetga tushsam, byudjetga o‘tishim mumkinmi?

Universitetda byudjet joylari yo‘q.

Shartnoma pulini qanday to‘lashim mumkin?

Shartnoma puli naqd pul bilan bank kassalari orqali, yoki pul o‘tkazish yo‘li bilan, yoki “Click” to‘lov platformasi orqali to‘lanishi mumkin.

Kontrakt-to‘lovni bo‘lib yoki kechiktirib to‘lash mumkinmi?

Ha, o‘qish uchun to‘lovni bo‘lib to‘lash mumkin. Birinchi o‘quv yilida to‘lov uchga bo‘lib amalga oshirilishi mumkin, bunda birinchi to‘lov shartnoma miqdorining 50% dan, qolgan ikkita to‘lov miqdorining har biri 25%dan kam bo‘lmasligi kerak. Kechiktirib to‘lashga ruxsat berilmaydi.

Tanlangan o‘quv dasturiga kirish uchun informatika yoki adabiyot bo‘yicha natijalar talab qilinsa-yu, ammo ushbu fanlar bo‘yicha markazlashtirilgan test o‘tkazilmasa nima qilish kerak?

Ayni paytda yuqorida ko‘rsatilgan fanlar bo‘yicha qabul uchun test talablari mavjud emas.

Universitetda onlayn ta’lim dasturlari bormi?

Hozircha yo‘q.

O‘qish haftada qancha vaqtni oladi?

Bu yo‘nalish (mutaxassislik)ga bog’liq, masalan, birinchi kursning birinchi semestrida 5 ta fan bo‘ladi, ulardan haftasiga 5 ta ma’ruza va 5 ta seminar mashg’uloti, shuningdek tegishli amaliy mashg’ulotlar o‘tiladi. Bundan tashqari, o‘quv dasturida mustaqil o‘qish uchun soatlar ajratilgan.

Universitet diplomi boshqa bakalavr dasturlari diplomidan farq qiladimi?

Universitet diplomi O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari talablariga javob beradi hamda tan olinadi.