Ish vaqti: Dushanba - Juma (9:00 - 18:00) +998 (78) 888-08-00

Margulan Seysembayevning “Ma’no va samaradorlik” mavzusida mahorat darsi UDEA universitetida o‘tkazildi

53

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetida (UDEA) O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan, Qozog‘istonlik investor, Margulan.info platformasi asoschisi, yirik tadbirkor Margulan Seysembayevning “Ma’no va samaradorlik” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

Ushbu mahorat darsiga tashrif buyurgan, shuningdek, «Instagram» ijtimoiy tarmog‘ida jonli efirda kuzatgan tinglovchilar mehnat faoliyatidagi shaxsiy rivojlanishida yordam beradigan zaruriy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Tadbir so‘ngida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi hamda esdalik uchun suratga tushishdi.