Ish vaqti: Dushanba - Juma (9:00 - 18:00) +998 (78) 888-08-00

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikasiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-232-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, 2023-yil 3-iyun kuni UDEA o‘z talabalari uchun Samarqand shahriga sayohat uyushtirdi.

51

Sayohat davomida talabalar Samarqandning bir qancha diqqatga sazovor joylari, jumladan, G‘ori Amir maqbarasi, Shoxi-Zinda maqbarasi va Ulug‘bek rasadxonasini ziyorat qildilar. Shuningdek, ular qoraxoniylar va temuriylar zodagonlari maqbarasi ansambli hamda uchta qadimiy oliy o‘quv yurtlarining markazi bo‘lgan tarixiy Registon maydoniga va bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov maqbara majmuasiga tashrif buyurishdi.

Universitet talabalarning madaniy-ma’naviy kamolotiga katta e’tibor berib, ularning mazmunli mashg‘ulotlari va tajribalarini o‘tkazishlari uchun sayohatlar va boshqa tadbirlar tashkil qilib kelmoqda.