Ish vaqti: Dushanba - Juma (9:00 - 18:00) +998 (78) 888-08-00

QABUL 2022/2023

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti (UDEA) 2022/2023 o‘quv yili uchun quyidagi bakalavriat va magistratura dasturlariga qabul e’lon qiladi.

BAKALAVRIAT:

  • 60412400 – «Agrobiznes va investision faoliyat»
    O‘qish muddati – 4 yil
    Ta’lim shakli: kunduzgi
    Ta’lim tili: o‘zbek
    Umumiy kvota: 80 ta
    Grantlar soni: 20 ta
    Kontrakt summasi: 9 900 000 so‘m (1 semestr uchun)

 

  • 60410400 – «Moliya va moliyaviy texnologiyalar»
    O‘qish muddati – 4 yil
    Ta’lim shakli: kunduzgi
    Ta’lim tili: o‘zbek
    Umumiy kvota: 80 ta
    Grantlar soni: 20 ta
    Kontrakt summasi: 12 100 000 so‘m (1 semestr uchun)

«Agrobiznes va investision faoliyat» bakalavriat dasturiga hujjatlar joriy yilning 16-sentabr sanasiga qadar faqat «online» tarzda udea.uz rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

«Agrobiznes va investision faoliyat» bakalavriat dasturiga kirish imtihonlari 18-sentabr kuni matematika, mantiq va ingliz tili fanlari bo‘yicha test shaklida o‘tkaziladi.

MAGISTRATURA:

  • 70412204 – «Tijorat banklarini boshqarish»
    O‘qish muddati – 2 yil
    Ta’lim shakli: kechki
    Ta’lim tili: o‘zbek
    Umumiy kvota: 40 ta
    Kontrakt summasi: 19 900 000 so‘m (1 semestr uchun)

Magistraturaga kirish uchun hujjatlar joriy yilning 12-sentabr sanasiga qadar faqat «online» tarzda udea.uz rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Magistraturaga kirish imtihonlari  14-sentabr kuni mutaxassislik bo‘yicha suhbat shaklida o‘tkaziladi.
Qabul tanlovning yagona qoidalari prinsipi asosida amalga oshiriladi va o‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalarga tegishli mutaxassislik bo‘yicha belgilangan namunadagi diplom topshiriladi.