Ish vaqti: Dushanba - Juma (9:00 - 18:00) +998 (78) 888-08-00

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti (UDEA) tomonidan Buyuk Britaniyaning nufuzli – Koventri universiteti bilan birgalikda “Banklarda komplaens bo‘yicha professional kurs” qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi.

517

Mazkur o‘quv kursi tijorat banklarining risklarni boshqarish va g‘aznachilik bo‘linmalari xodimlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, tinglovchilarchilarga tijorat banklarida sanksiyalarga rioya qilish (“Komplaens”) bilan bog‘liq operatsion va moliyaviy risklarni tushunish, tahlil qilish va risklarni kamaytirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadlarini o‘zida jamlagan.

20 nafar bank xodimi ishtirok etgan o‘quv kursiga 2022-yilning 6-dekabr kuni Toshkent shahrida start berildi, 9-dekabrdan boshlab mashg‘ulotlar bevosita Koventri universitetida (Buyuk Britaniya) davom etdi.

E’tiborlisi, Dastur doirasida tinglovchilar Blumbergning Londondagi bosh ofisiga tashrif buyurishdi, shuningdek, afsonaviy Aston Martin kompaniyasida ishlab chiqarish jarayonlarini bevosita kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Dastur yakunida tinglovchilar Koventri universitetining sertifikatlari bilan taqdirlanishdi!