Ish vaqti: Dushanba - Juma (9:00 - 18:00) +998 (78) 888-08-00

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetida 21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan “Til – millat ko‘zgusi” nomli adabiy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

32

🇺🇿O‘zbek tilining davlat tili sifatida nufuzini oshirish maqsadida o‘tkazilgan mazkur tadbir guruhlararo musobaqa tarzida olib borildi.

🇺🇿Tadbir davomida talabalarning Davlat tilini mukammal bilishlari va uni keng targ‘ib qilishdagi faolligi yuqori baholandi.

🇺🇿 Tadbir bir-biridan qiziqarli besh bosqichni o‘z ichiga oldi. O‘z jamoalarini tanishtiruvchi video, savodxonlik testi, maqollar bahsi va ifodali o‘qish hamda ommaviy diktant bosqichlarida jamoalar o‘zaro raqobat qildilar.

🏆Musobaqa davomida o‘zining tirishqoqligi va jamoaviy faolligi orqali eng ko‘p ball to‘plagan «Ilm toliblari» jamoasi g‘olib deb topilib, universitet tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

🔹 Instagram🔹 Facebook🔹 Telegram

(http://t.me/udeauz)☎️ 78 888 08 00
🌏 udea.uz