Ish vaqti: Dushanba - Juma (9:00 - 18:00) +998 (78) 888-08-00

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetini Parijda qanday kutib olishdi?

492

Joriy yilning 28-29-noyabr kunlari Fransiya va O‘zbekiston akademik hamjamiyati o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan ikkinchi o‘zbek-fransuz ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi.

Parijda oʻtkazilgan ushbu forumda Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetiga Oʻzbekiston oliy taʼlim tizimining xususiy sektorini taqdim etish uchun noyob imkoniyat yaratildi.

Forumda Universitetimiz rektori – i.f.d., professor Abduraupov Rustam Ramzovich, “O‘zbekistonda oliy ta’limni xalqarolashtirish” mavzusidagi ma’ruzasida O‘zbekiston oliy ta’lim tizimidagi so‘nggi islohotlar, universitetlararo hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari, raqamlashtirish jarayonlari va texnologiyalar rivojlanishining global tendensiyalariga qatnashchilar e’tiborini qaratdilar.  

Umid qilamizki, ushbu tashabbuslar Fransiyalik hamkasblarimiz tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanadi.

UDEA — Biz yorqin kelajakka yo‘llanma beramiz!