Ish vaqti: Dushanba - Shanba (9:00 - 18:00) +998 (78) 888-08-00

TANISHTIRUV HAFTASI: BIRINCHI KUN

1

Bugun UDEA universiteti binosida kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o’tgan talabalar uchun tashkil etilgan tanishtiruv haftasining birinchi kuni bo’lib o’tdi. Unda «Agrobiznes va investitsion faoliyat» bakalavriat bosqichi talabalari ishtirok etishdi. Tadbir O’zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. So’ngra universitet rektori, i.f.d., professor Rustam Ramzovich Abduraupov kirish so’zi bilan tadbirni ochib berdi va ishtirokchilarni talaba nomiga musharraf bo’lganliklari bilan tabriklab, universitetga asos solinish tarixi, uning maqsadi va qadriyatlari, undagi yaratilgan shart-sharoitlar haqida so’zlab berdi. Tadbir davomida talabalar o’quv jarayonlari va universitet tarkibi bilan tanishdilar. Marosim umumiy tushlik va talabalarga esdalik sovg’alari topshirilganidan so’ng jamoaviy suratga tushish bilan yakunlandi.

Fotolavhalar: