Ish vaqti: Dushanba - Juma (9:00 - 18:00) +998 (78) 888-08-00

UDEA Germaniya akademik almashinuv xizmati (DAAD) bilan hamkorlikda Germaniya universitetlari talabalari uchun ilk bor “O‘zbekistonda barqaror agrobiznes” xalqaro yozgi maktab dasturini tashkil qildi

21

Mazkur xalqaro yozgi maktab dasturi chet el talabalari o‘rtasida tadqiqot madaniyatini rivojlantiradi hamda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sanoati haqida tushuncha beradigan nazariy va amaliy bilimlarni taqdim etadi. Shuningdek, mazkur dastur O‘zbekistonning boy tarixi bilan tanishish uchun madaniy tadbirlarni o‘z ichiga oladi.

Dasturning ilk haftasida Yozgi maktab ishtirokchilari quyidagi korxonalarga tashrif buyurishdi:
  • Toshkent viloyatida joylashgan “Biogum.uz” va “Uzfermer.uz” qishloq xo‘jaligi korxonalari
  • Samarqand viloyatidagi, “Eng yaxshi ish beruvchi” mukofoti sovrindori, AJ “UZBAT A.O.” QK hamda “Siyob” kompaniyalari

Mazkur tadbir joriy yilning 20-avgustiga qadar davom etadi.

 

78 888 08 00

Instagram

Facebook