Ish vaqti: Dushanba - Juma (9:00 - 18:00) +998 (78) 888-08-00

UDEA hamda Koventri universiteti (Buyuk Britaniya) o‘rtasida uzoq kutilgan shartnoma imzolandi

7

Xalqaro darajadagi ta’lim va ilmiy-tadqiqot amaliyotini olib borish uchun UDEA hamda Koventri universiteti (Buyuk Britaniya) O‘zbekistonda Koventri universiteti dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha shartnomani imzoladilar. Bu Koventri universitetining Markaziy Osiyodagi yagona hamkorligi bo‘lib, bunda bir qator ta’lim dasturlari taqdim etadi.

Koventri universiteti Buyuk Britaniyadagi eng yirik oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lib, akademik sohalar, tadqiqotlar, xalqaro munosabatlar va talabalarning ishga joylashish imkoniyatlari bo‘yicha katta tajribaga ega. “QS World University Rankings” reytingiga ko‘ra, Koventri universiteti butun dunyo bo‘ylab 30 dan ortiq mamlakatlar tarmog‘iga ega bo‘lgan 50 000 dan ortiq talabalarga global o‘quv dasturlarini taqdim etadi. Universitet “QS Stars University Ratings” tomonidan 5 yulduzli QS bahosiga ega!

Tez orada batafsil ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashamiz, bizni kuzatishni davom eting.