Ish vaqti: Dushanba - Juma (9:00 - 18:00) +998 (78) 888-08-00

UDEA hamda O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi bilan o‘tgan muvaffaqiyatli uchrashuv haqida mamnuniyat bilan e’lon qilamiz. Uchrashuv ikki tashkilot o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlik yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

46

O‘tkazilgan muhokamalar davomida hamkorlikning turli yo‘nalishlari yuzasidan samarali muzokaralar olib borildi. Muhokamalarning asosiy mavzularidan biri UDEA kampusida IELTS imtihonlarini o‘tkazish imkoniyati bo‘ldi. Ushbu hamkorlik UDEA talabalari va keng jamoatchilik uchun IELTS imtihonlarini topshirish uchun qulay imkoniyatlarini berishga qaratilgan.

Bundan tashqari, ikkala tomon ham Britaniya Kengashi tomonidan tashkillashtiradigan tadbirlarida UDEA brendini ommalashtirish istiqbollarini o‘rganib chiqishdi. Bunday tashabbuslar UDEAning qamrovini kengaytirishga va uning akademik dasturlari va takliflarini kengroq auditoriyaga targ‘ib qilishga hissa qo‘shadi.

UDEA va O‘zbekistondagi Britaniya Kengashi yaqin keljakdagi mustahkam hamkorlik imkoniyatlaridan hamda uning rivojlanib borishiga umid qiladi.