Ish vaqti: Dushanba - Juma (9:00 - 18:00) +998 (78) 888-08-00

UDEA Professional Banking School — Biz yangi kurs boshlanganini e’lon qilishdan mamnunmiz!

333

UDEAning qisqa muddatli kursi banklarda sanksiyalar xavfini hisobga olgan holda kompleans masalalariga qaratilgan. Kurs mashg‘ulotlari 6-dekabr kuni Toshkent shahrida boshlanib, 2022-yil 9-dekabr kunidan boshlab Buyuk Britaniyadagi bankirlar va investitsiya biznesi mutaxassislari uchun eng yaxshi universitetlardan biri – Koventri universitetida davom etdi.

Biznes va huquq fakulteti (FBL) bank sohasidagi jahon tendensiyalari va ularni O‘zbekiston amaliyotida strategik qo‘llashni chuqur o‘rganishga o‘z vaqtlarini ajratgan 20 dan ortiq rahbar va mutaxassislarni qabul qildi. Ushbu kurs dasturi Buyuk Britaniyada Koventri universiteti akademik guruhi va soha mutaxassislari rahbarligida 10 kunga mo‘ljallangan.

Biz haqli ravishda faxrlanishimiz mumkin bo‘lgan kursni muvaffaqiyatli boshlashingizni tilaymiz!