2023 yil, 3-noyabr kuni Raqamli Iqtisodiyot va Agrotexnologiyalar universitetida Talabalar ittifoqi prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Mazkur saylov 2023-2024 akademik yili Talabalar ittifoqi liderlarini belgilab beruvchi, universitet hayotidagi muhim voqea bo'ldi. | UDEA

2023 yil, 3-noyabr kuni Raqamli Iqtisodiyot va Agrotexnologiyalar universitetida Talabalar ittifoqi prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. Mazkur saylov 2023-2024 akademik yili Talabalar ittifoqi liderlarini belgilab beruvchi, universitet hayotidagi muhim voqea bo’ldi.

📣Saylov tadbiri davomida barcha nomzodlar o‘z prezidentlik dasturlarini namoyish etdilar va lavozim uchun qizg‘in kurash olib bordilar. Ularning saylov kompaniyasi uchun qattiq kurashishlari va taqdimotlarni mahoratli tarzda olib borishlari saylovchilar uchun qaror qabul qilish jarayonini qiyinlashtirdi.

🎓O‘zining tirishqoqligi va mehnatsevarligi bilan tanilgan ikkinchi kurs talabasi Shousmanov Shoanvar prezidentlik saylovlarida eng ko‘p ovoz to‘plagan holda g‘olib deb topildi.

👏 Talabalar ittifoqining yangi prezidenti sifatida Shousmanov Shoanvar va uning jamoasiga kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.