2023-yil 17-19 oktabr kunlarida, Filippin poytaxti Manila shahrida, Osiyo taraqqiyot banki tomonidan 10-Xalqaro ko'nikmalar forumi (ISF) o‘tkazildi. | UDEA

2023-yil 17-19 oktabr kunlarida, Filippin poytaxti Manila shahrida, Osiyo taraqqiyot banki tomonidan 10-Xalqaro ko’nikmalar forumi (ISF) o‘tkazildi.

➖ Ushbu forum ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi asosiy muammolarni hal qilishga qaratilgan. Forum, inson va ijtimoiy rivojlanishning yangi strategiyalarini muhokama qilish uchun siyosatchilar, ilmiy doira vakillari, xususiy sektor, xalqaro tashkilotlar va global ekspertlarni birlashtirdi.

📢Janob UDEAda Koventri universitetning Buxgalteriya va moliya yo‘nalishi kurs lideri hamda Osiyo taraqqiyot banki Forumining Tashkiliy guruhi a’zosi bo‘lgan Qobiljon Yunusov, Forumni inklyuziv va qiziqarli tarzda o‘tishi uchun, innovatsion texnologiyalarni Forum platformasiga kiritdi. Ushbu texnologiyalarga sun’iy intellekt asosidagi sinxron jonli tarjima tizimi va ta’limning turli sohalarida innovatsion namoyishlar kiradi.

📚 Q.Yunusov 18 ta innovatsion kompaniyalar bilan hamkorlikda oʻz yechimlarini mazkur forumda o’tilgan sessiyalar orqali mahalliy va onlayn auditoriya uchun namoyish qildi.