Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti global raqamli hisob ma'lumotlari ta'minotchisi "Accredible" tashkiloti bilan hamkorlikni boshladi. | UDEA

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti global raqamli hisob ma’lumotlari ta’minotchisi «Accredible» tashkiloti bilan hamkorlikni boshladi.

➖Ushbu loyiha mamlakatimiz ta’lim sohasida blokcheydan foydalanish imkonini beruvchi ilk loyiha boʻlib, xavfsizligi ta’minlagan raqamli sertifikatlar va nishonlardan foydalanishni yangi bosqichga olib chiqadi.

⭐Ushbu hamkorlik «Accredible» kompaniyasining ilgʻor blokcheyn texnologiyalarini qoʻllagan holda UDEA talaba va professorlari ma’lumotlarini raqamli akkreditatsiyalashni oʻz ichiga oladi. Bu esa ularga oʻz bilimlarini dunyo boʻylab universitetlar va ish beruvchilarga bilan qiyinchiliklarisiz ulashish imkonini beradi.

🏆»Accredible» bilan hamkorlik Oʻzbekiston ta’lim sohasida raqamli akkreditatsiyalash jarayoniga keskin burilish yasaydi.