UDEA Xalqaro Komplayens Assotsiatsiyasi (ICA) bilan hamkorlikda “Moliyaviy sanksiyalar, moliyaviy jinoyatlarni oldini olish va mijozlar bilan ishlash” professional kursini tashkil etdi. Mazkur kurs Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tmoqda hamda 2023-yilning 23-oktabr kuniga qadar davom etadi. | UDEA

UDEA Xalqaro Komplayens Assotsiatsiyasi (ICA) bilan hamkorlikda “Moliyaviy sanksiyalar, moliyaviy jinoyatlarni oldini olish va mijozlar bilan ishlash” professional kursini tashkil etdi. Mazkur kurs Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tmoqda hamda 2023-yilning 23-oktabr kuniga qadar davom etadi.

🏆 “ICA” shu kunga qadar 160 000 dan ziyod kadrlarni qayta tayyorlagan, Buyuk Britaniya, BAA, Singapur, Malayziya, Xitoy kabi davlatlarda o‘z ofislariga ega bo‘lgan, global tartibga solish va moliyaviy jinoyatlarni nazorat qilish hamjamiyatida professional tashkilot hisoblanadi.

💼Kurs bank sektori xodimlari uchun moʻljallangan boʻlib, bunda ishtirokchilarni sanktsiyalar xavf-xatari, pul yuvish, yuqori darajadagi tekshiruv, maʼlumotlarni yigʻish, soliq toʻlashdan boʻyin tovlash va mijozlar bilan oʻzaro munosabatlarga oid bilim va koʻnikmalarni berishga qaratilgan.

😇 Ushbu hamkorlik orqali, UDEA bank sektorida oʻsish, innovatsiyalar va mukammallikni qoʻllab-quvvatlovchi dinamik o‘quv muhitini yaratishni maqsad qilgan.