2024-yil 8-fevral kuni Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetida «Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni» doirasida davra suhbati tashkil etildi. | UDEA

2024-yil 8-fevral kuni Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetida «Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni» doirasida davra suhbati tashkil etildi.

Ushbu e’tiborga molik tadbirda Yakkasaroy tuman hokimi o‘rinbosari Dildora Ismoiljonova va xalqaro miqyosda tan olingan hamda dunyoning TOP 2% olimlari ro‘yxatiga kiritilgan professor Dilfuza Egamberdiyeva ishtirok etdilar.

Davra suhbati bir qancha muhim maqsadlarga erishishga qaratilgan edi. Birinchidan, tadbirda ayollarning ilm-fan sohasidagi nodir tajribasi va yutuqlarini namoyish etildi.

Shu bilan birga, ayollarning ilmiy izlanishlar bilan faol shug‘ullanishga alohida ahamiyat berildi. Davra suhbati gender tengligini targ‘ib qilish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi. Hurmatli ma’ruzachilar tomonidan ochiq muloqot va chuqur munozaralar orqali ayollarning fanga qo‘shgan hissasini e’tirof etiladigan va qadrlanadigan jamiyat yaratish muhimligini ta’kidlandi.

Leave a Reply