UDEA

“Universitet malikasi – 2025” tanlovi g‘oliblari aniqlandi!

6-mart kuni Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Universitet malikasi – 2025” tanlovi o‘tkazildi. Ushbu musobaqa talaba-qizlarning iqtidori, go‘zalligi va intellektual salohiyatini namoyon etish, shuningdek, jamiyatda gender tenglik tamoyillarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.

Tanlov ishtirokchilari bilim va ijodiy mahoratini, shuningdek, nutq so‘zlash, sahna madaniyati va milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatini namoyish etdilar. Har bir qiz o‘zining betakror chiqishlari bilan tomoshabinlarga zavq bag‘ishladi.

Tadbir yakunida hakamlar hay’ati tomonidan g‘oliblar aniqlandi va “Universitet malikasi – 2025” tantanali ravishda taqdirlandi. G‘olib va ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Mazkur tanlov xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ularning yetakchilik va ilmiy salohiyatini yuksaltirish, hamda teng imkoniyatlar yaratish borasidagi muhim qadriyatlarni ilgari surishga xizmat qildi. Gender tengligi – bu faqat ayollarning huquqlari emas, balki jamiyatning taraqqiyoti uchun muhim omillardan biridir.

Universitetimizning ilmli, ma’rifatli va go‘zal qizlari har doim yuksak marralarni zabt etsin!

Tanlovdan eng yorqin lahzalarni quyidagi suratlarda tomosha qiling!