BA (Hons) Ingliz tili va ingliz tilini chet tili sifatida o'qitish (TEFL) | UDEA

BA (Hons) Ingliz tili va ingliz tilini chet tili sifatida o’qitish (TEFL)

Foundation kursida o’qishni TALAB QILMAGAN 3 YILLIK bakalavr dasturi!

Dastur haqida

UDEAdagi Koventri universiteti (Buyuk Britaniya) Ingliz tili va ingliz tilini chet tili sifatida o’qitish (TEFL) dasturi talabalarga ingliz tili, uning lingvistik xususiyatlari va madaniy kontekstni qamrab oluvchi keng ko’lamli bilimlarni taqdim etadi. Ushbu dasturimiz ingliz tilini o’rgatish sohasida professional bo’lishga intilayotganlar uchun noyob imkoniyatdir.

3 yillik TEFL dasturi talabalarga o’qishni to’g’ridan-to’g’ri 2-kursdan boshlash imkoniyatini beradi, bu esa Foundation (1-kursiga) kirmasdan, intensiv o’quv jarayoniga to’liq kirishni taklif qiladi. Talabalar ingliz tilini chet tili sifatida o‘qitish usullarini, jumladan, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, baholash va o‘quv materiallarini moslashtirishni o’rganadilar. Ular darsni rejalashtirish va o’tkazish ko’nikmalarini, shuningdek, o’quvchilarning baholashini va effektiv o’quv muhitini yaratishni o’rganadilar.

Karyera imkoniyatlari

Ushbu dastur keng karyera imkoniyatlariga yo’l ochadi. Bitiruvchilar ingliz tili o‘qituvchisi sifatida ishlashlari, butun dunyo bo‘ylab ta’lim muassasalarida ishlashlari yoki ta’lim dasturlarini yaratishlari mumkin. Turizm va xalqaro aloqalar sohasida ham ishlash imkoniyati mavjud. Ularning ingliz tili va uni o‘qitish uslublari bo‘yicha keng bilimlari xalqaro muhitda muvaffaqiyatli o‘zaro hamkorlik qilish uchun tilda ravonlik va madaniyatlararo jihatlarni tushunish zarur bo‘lgan turli sohalarda samarali ishlash imkonini beradi.


Bakalavr dasturini muvaffaqiyatli tugatgandan so’ng, talabalar butun dunyoda tan olingan xalqaro diplom sohibi bo’lishadi!

Davomiyligi: 3 yil

Study Mode: Full-time

Language: English

Contract fee: 34 500 000 UZS (per 1 academic year) Сontract fee for international students: 6 000 USD (per 1 academic year) APPLY NOW! DOWNLOAD THE BROCHURE

BA (Hons) ingliz tili va ingliz tilini chet tili sifatida o'qitish (TEFL)

Nima uchun dasturimizni o'rganishni tanlaysiz?

Ushbu dastur sizning kasbiy rivojlanishingiz uchun eshikdir. Ingliz tili bo’yicha chuqur bilimga ega bo’ling, o’qitish usullarini o’zlashtiring va global miqyosda ta’lim yoki aloqa sohasida qiziqarli martaba uchun tayyorlaning!