LMS|
UDEA University Logo

PhD va DSc

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil-22 maydagi 304-son 'Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida'gi qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan 'Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim to'g'risida'gi Nizom talablariga muvofiq.

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti 2024-yil uchun 08.00.07 – "Moliya, pul muomalasi va kredit" va 08.00.16 – "Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya" ixtisosligi bo'yicha tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc) va mustaqil izlanuvchilikka tanlov e'lon qiladi.

Tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikda o'qish to'lov-kontrakt asosida tashkil etiladi.

Hujjatlar 2026 yil 15-yanvardan – 15-fevralgacha qabul qilinadi

Mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar bir yilda to'rt marta qabul qilinadi.

Har bir nomzod Innovatsion rivojlanish vazirligi onlayn qabul tizimidan ham yuqorida keltirilgan muddatda ro'yxatdan o'tishlari talab etiladi.

Onlayn ro'yxatdan o'tish(daraja.ilmiy.uz)

Innovatsion rivojlanish vazirligi

Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirish uchun, kerakli hujjatlar ro'yxati

  • ariza
  • qisqacha biografik ma'lumotnoma (obyektivka)
  • magistrlik yoki PhD diplom nusxasi (mutaxassislik bo'yicha)
  • mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun)
  • ilmiy ishlar ro'yxati va ularning nusxasi
  • ish joyidan tavsifnoma
  • pasport nusxasi, to'rt dona rasm (3×4 o'lchamda)
  • O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud bo'lsa)
  • Til bo'yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat

Eslatma:

Eslatma: falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka quyidagilarga ega bo'lganlar qabul qilinadi:

  • magistr diplomiga (ixtisoslik bo'yicha) ega bo'lganlar
  • belgilangan ilmiy maqolalariga ega bo'lganlar
  • kamida ikki yillik ilmiy-pedagogik ish staji yoki muayyan ilmiy yutuqlar (ixtiro uchun patentlar yoki mualliflik guvohnomalari) ga ega bo'lganlar

Mavjud mutaxassisliklar

08.00.07

Moliya, pul muomalasi va kredit

Moliya tizimlari, pul siyosati va kredit mexanizmlariga qaratilgan tadqiqot kursi.

PhDDSc
08.00.16

Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya

Raqamli transformatsiya, elektron tijorat va xalqaro raqamli hamkorlikni o'rganuvchi tadqiqot kursi.

PhDDSc

Ilmiy kelajagingizni bugun boshlang!

UDEA Universitetida PhD yoki DSc tadqiqot kursiga qo'shiling va akademik karyerangizni rivojlantiring.

PhD va DSc kurslari | UDEA University | UDEA