
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti talabalari “Talabalar ligasi” doirasida o‘tkazilgan sport musobaqalarida faol ishtirok etishdi.
Talabalar voleybol, stol tennisi va shaxmat sport turlari bo‘yicha o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, aqliy salohiyati hamda sport mahoratini namoyish etdilar. Bellashuvlar qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tib, ishtirokchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirdi.
Mazkur musobaqalar talaba-yoshlar o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda jamoaviylik va faollikni rivojlantirishga xizmat qildi.







