
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetida talabalar o‘rtasida sportning voleybol, basketbol va stol tennis turlari bo‘yicha “Yangi O‘zbekiston talabalari olimpiadasi” musobaqalari tashkil etildi.
Musobaqalar davomida ishtirokchilar o‘zaro bellashib, yuqori darajadagi jismoniy tayyorgarlik, sport mahorati hamda jamoaviy hamkorlikni namoyon etdilar. Bahslar qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tib, sport muxlislari uchun qiziqarli va unutilmas lahzalarni taqdim etdi.
Mazkur sport tadbiri talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish hamda do‘stona raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qildi.








