Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti homiyligida Bo‘stonliq tumanidagi 53-sonli umumta’lim maktabida “Yashil makon” loyihasi doirasida mevali daraxt ko‘chatlarini ekish tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tashabbus universitet va maktab jamoasi hamkorligida amalga oshirilib, hududni yanada obodonlashtirish, ekologik madaniyatni rivojlantirish hamda yoshlar o‘rtasida tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga qaratildi.
Tadbir davomida maktab bog‘iga turli mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, bolalar uchun sog‘lom va ekologik jihatdan qulay muhit yaratishga hissa qo‘shildi. Shuningdek, ushbu loyiha ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va yashil hududlarni kengaytirishga xizmat qilmoqda.
Har bir ekilgan ko‘chat kelajak avlod uchun tabiatni asrash, ekologik barqarorlikni ta’minlash va yashil muhitni rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.
Mazkur loyiha yoshlar orasida ekologik mas’uliyatni oshirish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish g‘oyalarini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.