GENDER TENGLIK HAQIDA UMUMIY MA'LUMOT
GENDER TENGLIK-ASOSIY HUQUQLARIDAN BIRI
Gender – xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta‘lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy jihat hisoblanadi.
Gender tenglik tushunchasi jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, madaniyat, ta‘lim, ilm-fan, sport munosabatlarida xotin-qizlar va erkaklarning huquq hamda imkoniyatlarining tengligini anglatadi.
Gender tenglikni ta’minlashning asosiy tamoyillari
- Qonuniylik
- Demokratiya
- Ochiqlik
- Oshkoralik
DAVLAT XIZMATIDAGI RAHBARLIK LAVOZIMLARINI EGALLASH UCHUN TANLOVDA XOTIN-QIZLAR VA ERKAKLARNING TENG RAVISHDA ISHTIROK ETISHI O‘ZBEKISTON QONUNCHILIGI BILAN KAFOLATLANGAN.
- Davlat organlarining kadrlar xizmatlari zimmasiga davlat xizmatining tegishli lavozimlarida ishlayotgan xotin-qizlar va erkaklar sonining nisbati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham taqdim etish majburiyati yuklatiladi.
- Bola tug‘ilishi munosabati bilan ona ham, ota ham haq to‘lanadigan ta’til olish huquqiga ega. Bolani parvarishlash bo‘yicha ta’tilning davomiyligi ota-onaning ixtiyoriga ko‘ra ular o‘rtasida bo‘linishi mumkin, bunda ota-ona ta’tildan uni qismlarga bo‘lgan holda foydalanishi mumkin.
- Agar shaxs o‘zini jins bo‘yicha bevosita yoki bilvosita kamsitishga duchor etilgan deb hisoblasa, vakolatli organlarga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega. Bunda jins bo‘yicha bevosita yoki bilvosita kamsitishga duchor etilgan shaxsdan davlat boji undirilmaydi.
Aziz talaba-qizlar,opa-singillar!
Agar siz Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalari universitetida ta’lim olayotgan yoki ish faoliyatingizni olib borayotgan bo‘lsangiz sizga nisbatan biron-bir ko‘rinishda tegajog‘lik, tazyiq yoki zo‘ravonlik sodir etilgan bo‘lsa, yoxud ana shunday nojo‘ya xatti- harakatlar tahdidi ostida bo‘lsangiz yoki guvohi bo‘lgan bo‘lsangiz, hech ikkilanmay @Gendertdtu_bot ga murojaat qiling.