
Muvaffaqiyatli karyera sari tashlangan ilk qadam ko‘pincha bitta to‘g‘ri uchrashuvdan boshlanadi. Kelajak mutaxassislarini eng yaxshi ish beruvchilar bilan uchrashtirish maqsadida UDEA kampusida yirik "Job Fair" bo‘lib o‘tadi.
28-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan ushbu tadbir shunchaki rezyume topshirish joyi emas, balki talabalar va bitiruvchilar uchun o‘z salohiyatlarini namoyon etish hamda mehnat bozori bilan bevosita tanishish maydonidir.
Bo‘lajak mutaxassislar Job Fair davomida quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:
Bevosita muloqot: O‘zbekistonning yetakchi kompaniyalari vakillari bilan yuzma-yuz suhbatlashish;
Vakansiyalar va amaliyot: Eng so‘nggi bo‘sh ish o‘rinlari va pullik amaliyot dasturlari haqida birinchi qo‘ldan ma’lumot olish;
Networking: HR mutaxassislar bilan tanishish orqali professional aloqalar tarmog‘ini kengaytirish;
Konsultatsiya: Karyera yo‘nalishini aniq belgilashda ekspertlardan maslahatlar olish.
Karyerangizni tasodifga ishonib topshirmang - uni bugundan quring. Barcha intiluvchan yoshlarni UDEA kampusida kutib qolamiz!