
23-aprel kuni UDEA’da “Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish masalalari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi.
Tadbirda Citibank, Agrobank, Openbank hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakillari, shuningdek, sohaning yetakchi olimlari, ilmiy tadqiqotchilar va faol talabalar ishtirok etdi.
Konferensiya davomida sun’iy intellekt va big data texnologiyalarini iqtisodiyot tarmoqlariga joriy etish, raqamli to‘lov tizimlarini kengaytirish hamda kibertahdidlarga qarshi samarali himoya mexanizmlarining iqtisodiy o‘sishga ta’siri kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Anjuman O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, UDEA hamda “Agrobank” ATB hamkorligida tashkil etildi.
Mazkur tadbir ilmiy hamkorlikni kengaytirish, innovatsion yondashuvlarni rivojlantirish va iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasini jadallashtirishga xizmat qiluvchi muhim platformaga aylandi.
🎓 UDEA - Biz yorqin kelajakka yo‘llanma beramiz!