
28-aprel kuni UDEA’da “Job Fair 2026” karyera tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekistonning yetakchi davlat va xususiy kompaniya vakillari, HR mutaxassislari, shuningdek, UDEA talabalari va bitiruvchilari faol ishtirok etdi.
Tadbir davomida ish va amaliyot o‘rinlari taqdimoti, kompaniyalar bilan bevosita muloqot hamda talabalarning professional ko‘nikmalarini baholash va karyera yo‘nalishlarini aniqlashga yordam beruvchi maslahat sessiyalari o‘tkazildi.
Mazkur tadbir, talabalar va mehnat bozori o‘rtasidagi ko‘prikni mustahkamlash, karyera imkoniyatlarini kengaytirish hamda yoshlarning professional hayotga muvaffaqiyatli qadam qo‘yishiga ko‘maklashuvchi muhim platforma bo‘ldi.
UDEA - Biz yorqin kelajakka yo‘llanma beramiz!