
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tomonidan UDEA’ning quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari maxsus davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazildi hamda tegishli sertifikatlar taqdim etildi:
✅ 60410800 — Menejment
✅ 60410900 — Biznesni boshqarish
✅ 60411200 — Marketing
✅ 60410200 — Buxgalteriya hisobi
✅ 60410600 — Bank ishi
Mazkur natija ushbu ta’lim yo‘nalishlarining belgilangan me’yoriy talablar va sifat mezonlariga muvofiqligini rasman tasdiqlaydi.
UDEA uchun akkreditatsiya — faqat erishilgan natija emas. Bu ta’lim dasturlarini muntazam takomillashtirish, akademik sifatni mustahkamlash va talabalar hamda ish beruvchilar ishonchini yanada oshirish bo‘yicha uzluksiz mas’uliyatdir.
Abituriyentlar va ota-onalar uchun esa bu — ta’lim yo‘nalishini tanlashda muhim ishonch omili.
🔗 Batafsil ma’lumot
🎓 UDEA — Biz yorqin kelajakka yo‘llanma beramiz!
Qabul bo‘yicha batafsil ma’lumot:
📞 +998 78 888 08 00
✈️ @udeahelp
📍 Toshkent shahri, Boshliq ko‘chasi, 3-uy