
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetida “Assalom Navro‘z” — bahoriy bayram sayli milliy qadriyatlarimizni aks ettiruvchi chiqishlar va ko‘tarinki kayfiyatda keng nishonlandi.
Tadbir davomida universitetimiz talaba-yoshlari tomonidan yurtimizning turli hududlariga xos bo‘lgan milliy kiyimlar, milliy taomlar, urf-odatlar va an’analar namoyish etildi. Xususan, talabalar Farg‘ona, Surxondaryo, Buxoro hamda Xorazm viloyatlarining o‘ziga xos madaniyati va milliy merosini sahna ko‘rinishlari hamda ko‘rgazmalar orqali yoritib berdilar.
Festival jarayonida har bir jamoaning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan baholanib, yakuniy natijalarga ko‘ra:
1-o‘rin – Surxondaryo va Buxoro viloyatlari jamoalari
2-o‘rin – Xorazm viloyati jamoasi
3-o‘rin – Farg‘ona viloyati jamoasi qo‘lga kiritdi.
Mazkur tadbir talaba-yoshlar qalbida milliy qadriyatlarga hurmat, an’analarga sadoqat hamda yurtimiz boy madaniy merosiga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qildi.
Shuningdek, tadbir davomida milliy an’analarimizga xos tarzda sumalak tayyorlanib, talaba-yoshlar hamda universitet xodimlari birgalikda bahorning iliq kayfiyati va bayram shukuhini his etdilar.
Navro‘z – yangilanish, birlik va mehr-oqibat bayrami!







