
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetida talabalar ishtirokida ma’rifat darsi tashkil etildi.
Dars davomida talabalarga o‘zbek milliy madaniyatining mazmun-mohiyati, uning tarixiy shakllanish jarayoni hamda jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, milliy urf-odatlar, an’analar va qadriyatlarning shaxs ma’naviy kamolotidagi ahamiyati alohida qayd etildi.
Globallashuv sharoitida milliy o‘zlikni saqlash, begona madaniy ta’sirlarni tanqidiy baholash zarurligi hayotiy misollar asosida tushuntirildi. Dars davomida milliy madaniyatning jamiyat barqarorligi va yoshlar tarbiyasidagi o‘rni yoritilib, o‘zligini anglagan, mustaqil fikrlaydigan hamda raqobatbardosh avlodni shakllantirish muhim ekani ta’kidlandi.
Ma’rifat darsining asosiy mazmuni milliy madaniyatni xalqning tarixiy xotirasi, ma’naviy tayanchi va barqaror rivojlanish omili sifatida anglashga qaratildi.



