
17-aprel kuni UDEA (Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti) binosida navbatdagi “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi. Unda yuzlab abituriyentlar va ularning ota-onalari universitet hayoti bilan yaqindan tanishdilar.
Tadbir soat 10:00 dan 14:00 ga qadar davom etib, mehmonlar uchun bilim va kashfiyotlarga boy dastur namoyish etildi. Tashrif buyuruvchilar nafaqat universitet binosi va sharoitlarini ko‘zdan kechirdilar, balki o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.
Tadbirning asosiy voqealari:
Grant imkoniyatlari: Abituriyentlar 4 yillik to‘liq grant yutib olish tartibi va shartlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.
Akademik uchrashuvlar: Universitetning salohiyatli professor-o‘qituvchilari bilan yuzma-yuz muloqot qilib, UDEAnining zamonaviy ta’lim yondashuvi haqida tushunchalar olindi.
Interaktiv sessiyalar: Mehmonlar kampus bo‘ylab sayohat qilib, taqdimotlarda ishtirok etishdi va o‘z kutuvlari bilan o‘rtoqlashishdi.
O‘z kelajagiga befarq bo‘lmagan, intiluvchan yoshlarning shijoati barchamizni ilhomlantirdi. UDEA jamoasi ushbu kunni unutilmas qilgan barcha mehmonlarga minnatdorchilik bildiradi.
UDEA – Biz yorqin kelajakka yo‘llanma beramiz!