
2026-yilning 18–24-oktabr kunlari UDEA va hamkor tashkilotlar, jumladan, Agrobank vakillaridan iborat delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasining Pekin shahriga jo‘nab ketdi. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad — 1905-yilda tashkil etilgan nufuzli Xitoy qishloq xo‘jaligi universiteti (CAU) Iqtisodiyot va menejment kolleji bilan akademik almashinuv dasturi doirasida tajriba ulashish va uzoq muddatli hamkorlikni o‘rnatishdir.
- Dasturning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Delegatsiya a’zolari universitet stadioni va kampus infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.
- Akademik dastur asosan qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti, agrotexnologiyalar hamda raqamli qishloq xo‘jaligi masalalariga qaratildi.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-99-son qarori ijrosi doirasida muhim muzokaralar va uchrashuvlar o‘tkazildi.
- CAU Iqtisodiyot va menejment kollejining boy tarixi va faoliyatiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi hamda soha mutaxassislarining tematik ma’ruzalari tinglandi.
Dastur doirasida kelgusida professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, tematik ma’ruzalar, dala tashriflari hamda madaniy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu tashrif agrotexnologiyalar va raqamli qishloq xo‘jaligi sohasida ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.