
26-noyabr, chorshanba kuni soat 14:00 da UDEAda “Internship Fair” amaliyot yarmarkasi boʻlib oʻtadi.
Toshkentdagi korxona va tashkilotlarning HR mutaxassislari bakalavriat va magistratura talabalarimiz bilan yuzma-yuz uchrashadi.
Dasturda: rektor prof. R.R. Abduraupovning kirish soʻzi, “Amaliyotdan karyeragacha” davra suhbati va 15:00–18:00 ish beruvchilar bilan suhbatlar.
Ishtirok etmoqchi boʻlgan tashkilotlar sahifamizga yozishi yoki +998 78 888 08 00 raqamiga qoʻngʻiroq qilishi mumkin.


