
Raqamli Iqtisodiyot va Agrotexnologiyalar Universiteti (UDEA) talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yangi xalqaro imkoniyatlar yaratish maqsadida Yevropa va Turkiyaning 3 ta nufuzli universiteti bilan hamkorlik memorandumlarini imzolandi.
Yangi hamkorlarimiz va yaratilayotgan imkoniyatlar:
Comenius University Bratislava (Slovakiya)
1919-yilda tashkil etilgan hamda QS World (662-o‘rin) va QS Europe (293-o‘rin) reytinglaridan joy olgan Slovakiyaning ushbu nufuzli universitetida, UDEA talabalari National Scholarship Programme granti orqali 1 semestr davomida bepul o‘qish va oylik stipendiya imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
University of Gdańsk (Polsha)
Polshaning eng yirik va yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlaridan biri bo‘lgan ushbu universitetda akademik almashinuv dasturi doirasida 1 semestr davomida bepul (kontraktsiz) ta’lim olish ko‘zda tutilgan; yo‘l va yashash xarajatlari talabaning o‘z hisobidan qoplanadi.
Balıkesir University (Turkiya)
Turkiyaning turli akademik va tadqiqot yo‘nalishlariga ega ushbu yirik davlat universitetida akademik almashinuv dasturi bo‘yicha 1 semestr bepul (kontraktsiz) tahsil olishingiz mumkin; yo‘l va yashash xarajatlari talabaning o‘z hisobidan qoplanadi.
Professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun imkoniyatlar:
• Xalqaro tajriba almashish va malaka oshirish;
• Qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
• Xalqaro konferensiyalarda ishtirok etish.