
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni UDEA kampusida bayramona ruhda nishonlandi.
UDEA universitetida faoliyat yuritayotgan fidoiy o‘qituvchilar, zahmatkash xodimlar hamda iqtidorli talaba qizlar ushbu sana munosabati bilan samimiy tabriklar bilan e’tirof etildi. Universitet jamoasi ayollarning ta’lim, ilm-fan va jamiyat rivojiga qo‘shayotgan muhim hissasini alohida qadrlaydi.
UDEA jamoasi barcha ayollarni Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etadi va ularga mustahkam sog‘lik, yangi yutuqlar hamda ilhom tilaydi!