
Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetida “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.
Tadbir davomida universitetda o‘tkazilgan turli tanlovlar va sport musobaqalarida faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishgan talabalar alohida e’tirof etildi. G‘oliblarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirilib, ularning yutuqlari munosib rag‘batlantirildi.
Uchrashuv samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tib, talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirish imkoniga ega bo‘ldilar. Bu esa yoshlar bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish va ularni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etdi.
Mazkur tadbir yoshlarni rag‘batlantirish, ularning faolligini oshirish hamda kelgusidagi yutuqlarga ilhom berishga xizmat qildi.










