UDEA

2024-yil 19-yanvar kuni Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetida tarix fanlari doktori, professor, akademik, O‘zFA Tarix instituti direktori, Senat a’zosi Azamat Ziyo ishtirokidagi «Yangi O‘zbekiston akademiklari – milliy ilm-fan jonkuyarlari» mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Senator Azamat Ziyo o‘z nutqida Vatanimiz tarixi, jadidlar fidoiyligi haqida so‘z olib borib, o‘zbek ona tilimiz ahamiyati haqida alohida ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, tarixchi talabalar bilan o‘z tarixidan ham qiziqarli hikoyalar bilan bo‘lishdi.

Tadbirda universitet talaba va professorlar tomonidan O‘zbekistonda tarix o‘qitilish tizimi, yangi alifbo masalasi, tarixning yolg‘on haqiqatlari haqida dolzarb savollar berildi. Universitetimizdagi ma’naviy-ma’rifiy muhitni yaxshilashga qaratilgan ushbu tadbir barchaga birdek manzur keldi.

Leave a Reply