Biz haqimizda | UDEA

Biz haqimizda

REKTOR MUROJAATI

Biz davlat va xususiy tuzulmalarning eng muhim boyliklari qatorida inson kapitali, axborot resurslari va bilimlar birinchi o‘ringa qo‘yiladigan jadal rivojlanish davrida yashamoqdamiz. Ya’ni O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida keng ko‘lamli chuqur islohotlar amalga oshirilib, asosiy e’tibor ta’lim tizimini, shu jumladan oliy ta’lim tizimini tubdan yangilashga qaratilmoqda.

Keyingi yillarda mehnat bozorida ko‘plab kasblar bo‘yicha talab dinamikasida bir qancha o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bunga asosan yildan yilga kuchayib borayotgan globallashuv, axborot texnologiyalarining rivojlanishi va integratsiya jarayonlari sabab bo‘ldi. Shu bilan birga, yoshlar uchun kelajakdagi kasbni tanlashlarida yoki hozirgi kasbini o‘zgartirishda yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi. Qaysi universitetga topshirish qarorini esa yoshlar o‘zlari anglagan holda, uzoq muddatli barqaror kelajakni o‘ylab qabul qilmoqdalar.

Hozirgi paytda ko‘plab ish beruvchilar borgan sari nomzodlarning birinchi navbatda mustaqil ta’lim olish qobiliyati hamda o‘z ustida ishlay olish layoqatini ustuvor qo‘ygan holda, oliy ma’lumotining bor-yo‘qligiga kamroq e’tibor bermoqdalar. Shunga qaramasdan, universitetlar hali-hamon yoshlarning o‘z-o‘zini namoyon eta olishi uchun keng imkoniyatlar yaratadigan, yangi bilimlar va dunyoga chiqish eshiklarini ochib beradigan bir maydon bo‘lib qolmoqda.

Biz, yuqoridagilarni inobatga olib, shuningdek BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan barqaror rivojlanish maqsadlariga tayangan holda, O‘zbekiston Respublikasi oliy o‘quv yurtlari orasida yetakchi bo‘la oladigan Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetini tashkil etishga qaror qildik.

Professor Abduraupov Rustam Ramzovich

UDEA Rektori

Universitet haqida ma'lumot

Tashkil etilgan sana: 2022-yil 7-yanvar

Bizning qarashimiz (2030 yilgacha): Biz universitetni barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida manfaatdor shaxslar bilan yaqin hamkorlikda yuqori sifatli ta’lim xizmatlarini ko‘rsatayotgan, tadqiqot ishlarini olib borayotgan va innovatsiyalar transferini amalga oshirayotgan raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar sohalarida Markaziy Osiyo mintaqasining yetakchi muassasalaridan biri sifatida ko‘ramiz.

Bizning maqsadimiz: O‘zbekiston yoshlari uchun dunyo miqyosida e’tirof etiladigan ta’lim olish va tadqiqotlar o‘tkazish imkonini yaratish.

Vazifamiz: Raqamli kelajakning muvaffaqiyatli yetakchilarini tayyorlashga qaratilgan sifatli ta’lim xizmatlarini taklif qilish

"Universitet 3.0" ekotizimi

Yuqori sifatli o‘quv materiallari;

Tadqiqot uchun ilhomlantiruvchi muhit;

Ilmiy-tadqiqot ishlarini faol qo‘llab-quvvatlash va ularni muvaffaqiyatli tijoratlashtirish.

Jamoani samarali rivojlantirish

Xodimlarni malakasiga qarab tanlab olish;

Shaxsiy rivojlanish rejalari;

Korporativ etika siyosati;

Pastdan-yuqoriga Menejment yondashuvi.

Jarayonlarni raqamlashtirish

Universitet boshqaruvi uchun moslashtirilgan zamonaviy platforma;

O‘quv materiallaridan foydalanish imkoniyati;

Ma’lumotlarni himoya qilish.

2022-2026 yillarda Oʻzbekistonni rivojlantirishning yangi strategiyasi

– Raqamli iqtisodiyotni asosiy “drayver” sohaga aylantirish
– Uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirishga qaratilgan ishlarni olib borish
– Davlat xizmatlarini raqamlashtirish va ularning 20 foizini xususiy sektorga o‘tkazish
– Iqtisodiyotning real sektorida hamda moliya va bank sohalarida ishlab chiqarish va operatsion jarayonlarni raqamlashtirish darajasini 70 foizgacha oshirish
– Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va dasturiy ta’minotni eksport qilish

“Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi

– Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning turli sohalarida 400 dan ortiq axborot tizimlari, elektron xizmatlar va boshqa dasturiy mahsulotlar joriy etiladi
– Iqtisodiyotning real sektori tarmoqlaridagi korxonalarda boshqaruv, ishlab chiqarish va logistika jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha 280 dan ortiq axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar joriy etiladi
– 580 dan ortiq kishi kodlash asoslari bo‘yicha o‘qitilishi kerak
– 12 ming nafar davlat xizmati xodimlari axborot texnologiyalari sohasida o‘qitiladi

Koventri universiteti (Buyuk Britaniya) reytinglari

Koventri universiteti mukammal o‘qitish tizimi, dolzarb tadqiqotlar, mustahkam xalqaro hamkorlik va boshqa yo‘nalishlarida o‘z an’analariga ega bo‘lgan dinamik va yangiliklarga ochiq bo‘lgan oliy ta’lim muassasidir Koventrining butun dunyo bo‘ylab ilm-fan va sanoat sohasidagi hamkorlari butun dunyo bo‘ylab tahsil olayotgan 50 000 dan ortiq talabalarga o‘zlarining kelajakdagi bandlik istiqbollarini yaxshilash uchun global imkoniyatlarni taqdim etadi.

Koventri universiteti (Buyuk Britaniya) bilan hamkorlik

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti Koventri Universitetidan (Buyuk Britaniya) institutsional ruxsatnoma qabul qildi va har bir o‘quv dasturi tasdiqlash jarayonini muvaffaqiyatli yakunladi. Natijada 2023-yil 28-aprel kuni UDEA va Koventri universiteti (Buyuk Britaniya) o‘rtasida ta’lim va tadqiqot amaliyotlarini xalqaro standartlarga yetkazish maqsadida O‘zbekistonda Koventri universiteti dasturlarini joriy etish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Universitet 204093-sonli litsenziyaga asosan quyidagi ta'lim dasturlarini taklif etadi:

Bakalavriat dasturlari
60412400 – Agrobiznes va investitsion faoliyat;
60410400 – Moliya va moliyaviy texnologiyalar.

Magistratura dasturlari
70412204 – Tijorat banklarini boshqarish.

Koventri universiteti dasturlari
Buxgalteriya hisobi va moliya (Foundation)
Raqamli texnologiyalar (Foundation)
Biznes (Foundation)
BSc (Hons) Biznes uchun axborot texnologiyalari
BSc (Hons) Buxgalteriya hisobi va moliya
BSc (Hons) Xalqaro moliya va bank ishi
BA (Hons) Marketing va jamoatchilik bilan aloqalar
BA (Hons) Biznesni boshqarish va liderlik
BA (Hons) Ingliz tili va ingliz tilini chet tili sifatida o’qitish (TEFL)