“AGROBANK” ATBdan 200 ta toʻliq moliyalashtiriladigan stipendiyalar | UDEA

“AGROBANK” ATBdan 200 ta toʻliq moliyalashtiriladigan stipendiyalar

UDEA quyidagi Koventri universiteti (Buyuk Britaniya) dasturlari uchun “Agrobank” ATBning toʻliq moliyalashtirilgan 200 ta grantlarini eʼlon qiladi:

  • Biznes uchun axborot texnologiyalari
  • Xalqaro moliya va bank ishi
  • Buxgalteriya hisobi va moliya
  • Marketing va jamoatchilik bilan aloqalar
  • BA (Hons) Biznesni boshqarish va liderlik

Grant menga qanday afzalliklarni beradi?

To’liq moliyalashtirilgan grant o’qishga muvaffaqiyatli kirgan talabaga 4 yillik o’qish to’lovini to’liq qoplaydi!

Talablar

  • IELTS 6.0 (Writing 5.5) yoki undan yuqori.
  • Koventri universitetining ingliz tili test imtihoni (CUET)* 6.0 ball (Writing 5.5) yoki undan yuqori.

*CUET – UDEA’da Koventri universiteti ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirish niyyatida, IELTS sertifikatiga ega boʻlmagan abituriyentlar uchun ingliz tili bo‘yicha test imtihoni hisoblanadi.

Grantga hujjat topshirish jarayoni

  1. Hujjatlaringizni* lms.udea.uz platformasi orqali topshirishingiz,
  2. UDEAda Koventri universitetiga muvaffaqqiyatli qabul qilinishingiz, hamda
  3. ATB “Agrobank” vakillari bilan suhbatdan* o’tishingiz lozim.
  • Suhbat vaqti: Bizning operatorlarimiz sizga aloqaga chiqadi hamda suhbat bo'lib o'tadigan sanasi va vaqti haqida xabar beradi
  • Suhbat formati: Oflayn, UDEA hududida
  • Suhbat konteksti: motivatsion xatning og'zaki taqdimoti
  • Suhbat tillari: RU/UZ va EN